
Osiyo o‘yinlari: Eng yosh taekvondochimiz Madina Mannopova kumush medalini qo‘lga kiritdi
Ayni paytda Osiyo o‘yinlarining beshinchi kungi bellashuvlari davom etmoqda. Taekvondo sport turining oxirgi kunida terma jamoamiz vakilasi oltin medal uchun kurashdi.
Ayollar o‘rtasida -49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz Madina Mannopova finalda tailandlik sportchi - Panipak Vongpattanakit bilan bellashdi va hal qiluvchi bahsda 21:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar