Osiyo kubogi – 2019. Bugun 12 terma rasmiy mashg‘ulotlarga kirishadi

  • 3 yanvar, 2019, 03:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bo‘lajak turnir oldidan bir qator jamoalar allaqachon o‘yin oldi rasmiy mashg‘ulotlarini boshlab yuborishgan. 

Tecno

Avstraliya, Filippin va Iordaniya terma jamoalari OAV uchun to‘laligicha ochiq bo‘lgan mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Shuningdek bugundan Eron va Hindiston termalari ham kuniga ikki marotabadan mashg‘ulot o‘tkazishni boshlaydi.

Qolgan jamoalarning mashg‘ulotlari OAV uchun dastlabki 15 daqiqasi ochiq bo‘ladi. Ektor Kuper boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasi hali rasmiy mashg‘ulotlarni boshlagani yo‘q.

Quyida bugun rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadigan jamoalar bilan tanishtiramiz.

A guruhi

Hindiston (Abu Dabi)

Tailand (Abu Dabi)

BAA (Abu Dabi)

B guruhi

Iordaniya (Al Ain)

Avstraliya (Al Ain)

Suriya (Sharja)

Falastin (Sharja)

C guruhi

Xitoy (Abu Dabi)

Janubiy Koreya (Dubay)

Filippin (Dubay)

Qirg‘iziston (Al Ain)

D guruhi

Eron (Abu Dabi)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!