
Olimpiada-2018. Bokschimiz Jahongir Rahmonov bronza medalini qo‘lga kiritdi
Musobaqada o‘zbekistonlik yosh sportchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqdalar. Biroz avval boks bahslarida hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
-69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jahongir Rahmonov bronza medali uchun kechgan jangda ozarbayjonlik Nijat Hasanovni mag‘lubiyatga uchratdi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Ushbu medal O‘zbekiston terma jamoasi uchun Argentina Olimpiadasidagi 13-medal bo‘ldi. Ayni paytda O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallari mavjud. 1 ta oltin va 1 ta bronza medali mikst bahslarida qo‘lga kiritilgan.
Fikrlar