
Odil Ahmedov keyingi mavsum “Paxtakor”ga qaytishi borasidagi xabarlarga oydinlik kiritdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va yaqindagi “Shanxay SIPG” bilan Xitoy chempionligini qo‘lga kiritgan Odil Ahmedov “Sport” kanalida “Gol” ko‘rsatuvining mehmoni bo‘ldi. Bu haqda SPORTS.uz sayti xabar bermoqda.
Dastur davomida Odil Ahmedov yangi mavsumda “Paxtakor”ga qaytishi borasidagi xabarlarga oydinlik kiritdi.
- Bu xabarlar mish-mish. Chunki “Shanxay SIPG” bilan yana bir yillik shartnomam bor. Shuning uchun u erdan hozircha keta olmayman. Shanxayda qolaman, - dedi Odil Ahmedov.
Fikrlar