Nega Jezus Titening asosiy tanloviga aylandi?

  • 9 iyun, 2018, 21:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Azaldan Janubiy amerikaliklar darvozabon bilan bog‘liq muammolarga duch kelishgan, ammo Premer Liganing 2017-18-yilgi mavsumida eng yaxshisi deya e’tirof etilgan Ederson kabi posbon ham Alissonga o‘rinbosar bo‘lishi kutilmoqda.

Tecno

Himoya chizig‘ida Tyago Silva va Marselo kabi muhim xalqaro turnirlarda katta tajribaga ega futbolchilar bor. Hujumda ham Tite yuqori saviyali shogirdlariga bemalol suyana oladi.

Bu Mundialda ko‘pchilik “selesao”dan ko‘p narsani kutishmoqda. Ammo futbol muxlislari o‘z maydonida o‘tgan finalda to‘rt yil oldingi Germaniyaga qarshi bellashuvni unutishgani yo‘q. Yana qayta bu holatni ko‘rish juda og‘ir.

Jahon Chempionatida ishtirok etuvchi yakuniy tarkib e’lon qilinganida ko‘pchilik Gabriel Jezusga to‘qqiz raqami ishonib topshirilganini keng muhokama qildi. “Manchester Siti” haloskori ushbu raqamga Roberto Firmino bilan jiddiy kurash olib bordi. Ammo hali 21 yoshda bo‘lishiga qaramay, Tite ko‘proq unga ishonch bildirmoqda va unga etarlicha imkoniyat berdi.

Quyida nima uchun Jezus bu vazifaga “Liverpul” hujumchisidan munosibroq ekanligi haqida so‘z boradi.

Statistika

Poyoniga etgan mavsumda o‘z klublarida mos ravishda jamoalariga ko‘rsatgan ta’siri bo‘yicha Firmino katta o‘sishga erishdi. “Xoffenxaym”ning sobiq vakili mavsum davomida 15 gol va 8 golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Jezusning ko‘rsatkichlari biroz kamroq: 13 gol va 7 golli uzatma. Shunga qaramay, Jezusning bu statistikaga erishishi uchun 1660 daqiqa kerak bo‘lgan. Firmino esa bunga 2760 daqiqada erishgan.

Jezus asosiy tarkib uchun kurashda kimsan Serxio Aguero bilan kuchli raqobat ko‘rsatgan bo‘lsa, Firminoning asosiy tarkibdagi o‘rni naqd edi.

Chempionlar Ligasida esa tafovut ancha sezilarli. Firmino nufuzli musobaqada 14 o‘yinda 11 gol urib, javlon urdi va jamoasini finalgacha etaklab keldi. Jezus esa 9 o‘yinda atigi 4 ta golni urishga muvaffaq bo‘ldi.

Gap terma jamoadagi statistika haqida ketganda Jezusning natijalari hayratlanarli. Jahon Chempionatiga saralash uchrashuvlarida 794 daqiqa o‘ynagan “Palmeyras”ning sobiq vakili 7 gol va 4 ta golga hammualliflik qilgan. Firmino esa 273 daqiqa o‘ynab bitta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Taktika

Premer Liganing ilk turlarida Jezus 3-1-4-2 o‘yin sxemasida Aguero bilan birga harakat qildi. Klub 4-3-3 o‘yin taktikasiga o‘tganda Rahim Streling va Leroy Sane kabi javohirlar bilan haqiqiy “jallod”ga aylandi. Uni qanotlardan vaqti-vaqti bilan Bernardo Silva ham qo‘llab-quvvatlab turdi.

Firminoning ikkinchi davradagi vazifasi o‘zgarmas tus oldi. Qishda Filipe Koutinoning ketishi munosabati bilan chap qanotda Sadio Mane joylashdi. Hujumda ularga Muhammad Saloh kamarbasta bo‘ldi. Xullas, Firmino hujum uchligida barqaror o‘rniga ega bo‘lib keldi.

U ehtimol ushbu tahlil bo‘yicha ko‘proq serqirralikni ko‘rsata olar, ammo Jahon Chempionatiga saralash bahslarining so‘nggi to‘rt o‘yinini kuzatish e’tiborni tortadi. Tite o‘zining eng sevimli taktikasi sifatida huddi “Liverpul” va “Manchester Siti” kabi 4-3-3 ni qabul qildi.

Firminoni tarafdorlari u Koutino bilan ajoyib tandem hosil qilishi mumkinligiga ishonishar, kezi kelganda eslatish joizki, Koutinoning o‘rniga Villian afzal ko‘rilgan vaqtlar ham bo‘ldi. “Barselona” vakili asosiy tarkibdan tushib qolishi ham mumkin.

Hukm

Jezusning Germaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidagi o‘yini shuni ko‘rsatdiki, u hali yosh bo‘lishiga qaramay, unda yuksak saviyali raqibga qarshi qo‘rqmasdan o‘ynash shijoati bor.

Uning mavsum davomida jarohat olib maydonni bir necha oyga tark etgan bo‘lishiga qaramay, u Firminoga qaraganda jamoasini yanada kuchliroq qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!