"Navbahor" ukrainalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi (FOTO)

  • 8 yanvar, 2019, 09:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Namanganning “Navbahor” klubi shu kunlarda transfer bozorida juda faol bo‘lmoqda.

Tecno

Kecha serbiyalik himoyachi Slavko Lukich bilan shartnoma imzolagan “lochinlar” bugun ukrainalik hujumchi Aleksandr Kasyan bilan shartnoma imzolashdi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchi “Navbahor” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. U faoliyati davomida Ukraina o‘smirlar va yoshlar terma jamoasida to‘p surgan. Shuningdek, “Shaxtyor” Donetsk, “Zarya” Lugansk va “Tom” klublari sharafini himoya qilgan. Uning so‘nggi jamoasi Rossiya birinchi divizionida ishtirok etuvchi Kurskning “Avangard” klubi bo‘lgan.

nav

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!