
«Navbahor» bugun Qirg‘iziston klubi bilan o‘ynaydi
Shuning natijasi o‘laroq, 2017 yilning 13-14 dekabr kunlari Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatimizga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida Sooronbay Jeenbekov Yurtboshimizga Qirg‘izistonning nufuzli “Danaker” ordenini topshirdi.
Joriy yilning 3 sentyabr kuni esa mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg‘izistonga tashrif buyurib, Cho‘lpon ota shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining oltinchi sammitida nutq so‘zladi. Shuningdek, yurtimizda zabardast qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatovning 90 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda.
Qisqasi, Qirg‘iziston va O‘zbekiston mamlakatlari o‘rtasida ko‘plab sohalar, jumladan, sport sohasida ham hamkorlik rivojlanmoqda. Jumladan, joriy yilning 8 iyun kuni Farg‘onaning “Neftchi” klubi safarda Qirg‘izistonning “Neftchi” (Qo‘chqor-Ota) jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, unda farg‘onaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.
Namanganning “Navbahor” klubi ham mazkur jamoa bilan bugun xalqaro o‘rtoqlik bahsi o‘tkazadi. Qo‘chqor-Otaning “Neftchi” klubi ayni paytda Qirg‘iziston top-ligasi (bizdagi Superliga)da 37 ochko to‘plagan holda, 3-o‘rinda bormoqda. “Neftchi”dan oldingi pog‘onani egallab turgan “Dordoy-Dinamo” va “Abdish-Ota” klublari hisobida esa 38 ochko bor.
Demak, “Navbahor”ning ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvidagi raqibi Qirg‘izistonning kuchli jamoalaridan biri. O‘z o‘rnida ta’kidlash joizki, "Neftchi" tarkibida 3 nafar hamyurtimiz - darvozabon Davron Jo‘raqulov, himoyachi Maqsudjon Hayitov va hujumchi Otabek Haydarov to‘p surishadi. Maqsudjon Hayitovning namanganlik ekanligini ham qayd etish joiz. Bundan tashqari, qo‘chqor-otaliklar safida yana 2 nafar legioner - rossiyalik himoyachi Manas Jutanov va ukrainalik yarim himoyachi Oleksandr Ignatenko o‘ynashadi. “Navbahor” – “Neftchi” (Qo‘chqor-Ota) xalqaro o‘rtoqlik bahsi bugun “Markaziy” o‘yingohda soat 19:00da boshlanadi.
Fikrlar