
"Nasaf" - "Bunyodkor" o‘yiniga kirish bepul etib belgilandi
"Nasaf" rasmiy tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu uchrashuvni tomosha qilish qilish uchun “Markaziy”ga kirish odatdagidan boshqacharoq bo‘ladi.
"O‘zingizga ma’lum, ayni kunlarda stadion yonidagi Qarshi olimpiya zaxiralar kollejida davlat test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. Test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan stadion joylashgan shoh ko‘chada transport va fuqarolarning harakatlanishi to‘xtatilgan.
Shu munosabat bilan stadionga muxlislarning kirishi faqat Navoiy ko‘chasi tomonidan, akademik litsey va Qarshi shahar ichki ishlar bo‘limi o‘rtasidagi ko‘chadan kiriladi. O‘yin tugagandan so‘ng ham chiqish shu joydan tashkil etiladi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Nasaf” – “Bunyodkor” o‘yiniga kirish hamma uchun bepul etib belgilandi.
Fikrlar