
Nagaevdan "qaychi" uslubidagi gol yoxud "Qizilqum" - AGMK o‘yini videosharhi
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi o‘z maydonida AGMKni qabul qildi. "Yoshlik" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.
Elguja Grigalashvili 36-daqiqada hisobni ochdi. 68-daqiqada esa Ivan Nagaev o‘zining akrobatik usulda tepgan to‘pi bilan hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.
Bellashuv so‘nggida esa himoyachi va darvozabonning bir-birini tushuna olmagani natijasida Murzoev gol kiritib, hisobni qisqartirishga erishdi, ammo bu gol olmaliqliklarni mag‘lubiyatdan saqlab qola bilmadi.
Quyida mazkur qarama-qarshilikda kiritilgan gollarni tomosha qilish imkoniga egasiz.
Fikrlar