
Murod Aliev: Eldor Shomurodov bizga aytmasdan "Rostov" bilan shartnoma imzolagan ekan
Ayni daqiqalarda Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi yangi futbolchilarni tanishtirmoqda. Mazkur tadbirni "qaldirg‘ochlar" bosh direktori Murod Aliev ochib berdi.
"Biz birinchi navbatda stadionga muxlislarni qaytarishni niyat qilganmiz. Keyin esa o‘z o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak. Shuning uchun, biz bir qator futbolchilarni o‘z safimizga qo‘shib oldik.
Biz ertaga "Neftchi"ni mag‘lub etsak, kubokni qo‘lga kiritish uchun kurash olib boramiz. Men Mirjalol Qosimovga ishonaman.
Shuningdek, klub Shomurodovni boshqa jamoaga o‘tib ketganiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ammo uning shartnomasi yakunlanishiga 6 oy qolgandi. Shuning uchun, futbolchi boshqa klubga o‘tishiga haqqi bor edi. Qolaversa, Eldor bizga bildirmasdan oldin "Rostov" bilan shartnoma imzolab bo‘lgan edi.
Biz esa bundan ozgina ranjidik. Chunki rahbarlardan so‘ramasdan shartnoma imlogadi. Boz ustiga Shomurodov borasida menga faqat "Rostov"dan taklif bo‘lgandi. Mayli, u Rossiyada katta o‘sishga erishishini tilab qolamiz.
Doston Hamdamov bilan gaplashib oldik. U jamoada qoladi. Chunki bizning maqsadimiz OChLda ishtirok etish. U orqali futbolchilarni reklama qilishdir. Shu bois Doston bizni tushundi va bu yil qoladigan bo‘ldi", - deb aytib o‘tdi Aliev.
Fikrlar