
Muhammad Salahning shartnomasida tovon puli belgilanmagan
“Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Salahning shartnomasida tovon puli elgilanmagan. Bu haqda ESPN portali xabar bermoqda.
“Liverpul” rahbariyati yozgi transfer oynasi vaqtida Salahni hech qanday pul evaziga sotmasligi haqida ma’lum qilgandi. Klub summasidan qat’iy nazar hech qaysi taklifni ko‘rib chiqmaydi.
Joriy mavsumda misrlik 25 yoshli futbolchi APLda 30 uchrashuv o‘tkazib, 28 ta gol kritish uddasidan chiqdi.
Fikrlar