Mourinyu: Shou EChLda maydonga tushadi

  • 16 sentabr, 2018, 09:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino “Uotford”ga qarshi (2:1) uchrashuvdan keyin bir necha kun avval boshidan jarohat olgan Lyuk Shouning holati va tayyorgarligi haqida so‘zladi.

Tecno

“Lyuk chorshanba kuni EChLda “Yang Boyz”ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Eshli Yangi ikkiala qanotda o‘ynay oladi. Shou ham, Yang ham vazifasini o‘z vaqtida bajarmoqda. Ular turli futbolchilar, ammo ushbu pozitsiyada yosh futbolchi va tajribali – Matteo Darmian borligi ham ajoyib”, – dedi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Lyuk Shou Ispaniyaga qarshi (1:2) UEFA Millatlar Ligasi doirasida Dani Karvaxal bilan to‘qnashib, boshidan jarohat olgandi.

“Yang Boyz” – “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi EChL guruh bosqichi 1-tur o‘yini 19 sentyabr kuni Shveytsariyaning Bern shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!