
Misrlik sharhlovchi sharh vaqtida vafot etdi
Misrning ”Zamalek” klubi sobiq ustozi Abdurahim Muhammad Negma Saudiya Arabistoni va Misr termalari (2:1) o‘rtasidagi JCh-2018 uchinchi tur uchrashuvida vafot etdi, deya xabar beradi Youm7 nashri.
Manbada yozilishicha, Negma o‘yinni Misr telekanallaridan birida sharhlagan. O‘yin vaqtida uning yuragi qisib qolgan va shundan so‘ng vafot etgan.
JCh-2018 14 iyun - 15 iyul kunlari Rossiyaning 11 shahridagi 12 stadionda bo‘lib o‘tmoqda. Misr termasi guruhda barcha o‘yinda mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi.
Fikrlar