
"Milan" qishda "Yuventus" futbolchisini ijaraga olmoqchi
“Milan” klubi “Yuventus” bilan marokashlik himoyachi Mexdi Benatiyaning ijarasi bo‘yicha muzokaralarni boshladi.
O‘z navbatida 31 yoshli futbolchi ham etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotgani sabab jamoasini o‘zgartirishga tayyor. “Rossonerilar” esa Benatiyani keyinchalik 15 mln evroga sotib olish huquqi bilan mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Benatiya joriy mavsum “Yuve” safida bor yo‘g‘i 5ta o‘yinda ishtirok etdi holos
Fikrlar