
"Milan" hujumchisi yubiley uchrashuvida golsiz seriyasiga barham berdi
“Milan” klubi hujumchisi Suso kecha “Sassuolo”ga (1:4) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda gol urib, o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi.
E’tiborlisi, shu kuni A Seriyada o‘zining yubiley 100-o‘yinini o‘tkazgan 24 yoshli ispaniyalik futbolchi 19ta o‘yindan buyon davom etib kelayotgan golsiz seriyasiga barham berdi.
Ma’lumot uchun, “Milan” ayni damda 9 ochko bilan musobaqa jadvalida 10-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar