
"Milan" Benatiani o‘z safida ko‘rmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Mexdi Benatia katta ehtimol bilan mavsum yakunlangach jamoani tark etali. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 31 yoshli marokashlik futbolchi etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab jamoasini o‘zgartiradi. Unga asosiy da’vogar sifatida "Milan" klubi tilga olinmoqda.
Qayd etish lozimki, Benatianing turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Uning transfer bahosi esa 12 mln evroni tashkil etadi. Unga “Milan”dan tashqari “Shalke-04” va “Arsenal” klublaridan ham qiziqishlar mavjud.
Fikrlar