
Meyvezer: Muhammad Ali haqiqiy afsona, men esa eng zo‘r bokschiman
Professional bokschilik faoliyatini mag‘lubiyatsiz 49 ta g‘alaba bilan yakunlagan Floyd Meyvezer jurnalistlarga bergan intervyusida o‘zini eng zo‘r bokschi ekanini alohida ta’kidladi.
- Avvalo, eng zo‘r bokschi degan nomni berishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligini bilib aniqlashtiri olish kerak,, - dedi Floyd Meyvezer. - Agar inson huquqlari uchun kurashgani nuqtai nazaridan olib qarasa, Muhammad Ali tengsiz. Agar u shu ishni qilmaganida men bugungi darajamga etolmasdim. Biroq, boksdagi natijalar bo‘yicha men undan zo‘rman.
Floyd Meyvezer gaplarini qo‘yidagicha isbotlashga urindi.
- Muhammad Ali chempionlik kamarini atigi ettita jang o‘tkazgan bokschiga boy bergan, - dedi Floyd Meyvezer.- Men esa 49 ta jangning barchasida g‘olib chiqdim. Birorta bokschi menga tayinli zarba berolmadi. Muhammad Ali singari ring chetiga turvolib zarba ko‘tarish qobiliyatini namoyish etishdan foyda yo‘q. Men yaratgan usul eng kam miqdorda zarba eb, raqibga ko‘p zarba berishdan iborat. Qolaversa, men boksda zarar ko‘rmay va lat emay o‘ta katta pul topdim.
Shuningdek, amerikalik bokschi faoliyatidagi eng muhim jang qaysi ekanini ham aytdi.
- Men uchun 48-jangim eng yuqori cho‘qqi hisoblanadi, -deydi Floyd Meyvezer. - Menni Pakyaoga qarshi o‘tkazilgan ushbu bahs oldidan hamma meni undan qochib yurishda, qo‘rqoqlik qilishda aybladi. Ahmoqqa chiqarishdi. Men esa ringda uni mag‘lubiyatga uchratdim. Bir necha daqiqada 300 million dollar ishladim. Men o‘ta aqlli biznesmenman. Shunday bo‘lsa-da, men Muhammad Alini hurmat qilaman. U boks afsonasi, biroq baribir men undan zo‘rman.
Bugungi kunda Floyddan engilgan bir necha bokschilar uni revansh jangiga chaqirmoqda. Biroq Floyd Meyvezer ringga qaytmoqchi emas.
SPORTS.uz
Fikrlar