
Messi Vidalni "Barselona"da qolishini xohlamoqda
Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi jamoa rahbariyatiga chililik yarim himoyachi Arturo Vidalning taqdiri borasida o‘z fikrini bildirdi.
Tribalfootball nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli argentinalik futbolchi Vidalning “Kamp Nou”da qolishini istamoqda. Uning fikricha Vidal garchi mavsum startida omadsiz o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsada, uning jamoaga hali yordami albatta tegadi.
Eslatib o‘tamiz, Arturo Vidal “Barselona” safiga joriy yoz “Bavariya”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum hozircha mobaynida kataloniyaliklar safida bor yo‘g‘i 176 daqiqa harakat qildi holos.
Fikrlar