Massimiliano Allegri kechagi durangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

  • 21 oktabr, 2018, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri  kecha A Seriyaning 9-turida "Jenoa"ga (1:1) qarshi bahsda qayd etilgan durangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Skudetto bunday o‘yinlardan ham yutadi, ham yutqizadi. Tanaffusdan so‘ng jamoam shunchaki uxlab qoldi. Aftidan futbolchilarning hayollari “Old Trafford”da bo‘ladigan o‘yinga ketib qolgandek edi. O‘ylaymanki, bunday natijalar biz uchun dars bo‘ladi. Shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, hech kim hali final hushtagi chalinmasidan g‘alabani ta’minlay olmaydi”, - deydi Allegri.

Eslatib o‘tamiz, bu “Yuventus”ning mavsumdagi ilk ochko yo‘qotishi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!