Marsyal MYuda Ronaldu, Nistelroy va Kantonaning natijasini takrorlashi mumkin

  • 23 noyabr, 2018, 17:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi forvardi Antoni Marsyal rekord ostonasida turibdi.

Tecno

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra agar 22 yoshli frantsuz APLning navbatdagi turida "Kristal Pelas" darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lsa, MYuda o‘zidan oldin to‘p surgan Krishtianu Ronaldu, Rud van Nistelroy hamda Erik Kantonalarning rekordini takrorlagan bo‘ladi. Gap shundaki, ushbu futbolchilar “qizil iblislar” safida premer-liganing qatorasiga 6 ta bahsida gol urishga erishishgan.

Ma’lumot uchun, Marsyal joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 7ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" - "Kristal Pelas" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!