
Marko Chekkinato 1/2 finalida o‘ynaydi
Italiyalik tennischi Marko Chekkinato Doxada o‘tayotgan "Qatar ExxonMobil Open" turnirining yarim final bosqichiga chiqib oldi.
Marko musobaqaning chorak finalida serbiyalik Dushan Layovichni dastlabki setda tay-brekda enggan bo‘lsa, ikkinchi setda 6:2 hisobida zafar quchdi.
Endi Chekkinato yarim finalda chexiyalik Tomash Berdixga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar