
Mark Markes jahon chempioni!
«MotoGP» bo‘yicha Valentsiyada Gran-pri musobaqasining asosiy poygasi o‘tkazildi.
Rikkardo Tormo avtodromida o‘tkazilgan joriy yilgi sport mavsumining so‘nggi poygasida sportchilar 30 aylana bo‘ylab g‘oliblik uchun bahslashdi.
Unda «Xonda» jamoasi a’zosi Dani Pedrosa birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, «Tek 3 Yamaxa» jamoasidan Yoann Zarko ikkinchi, Mark Markes «Xonda» uchinchi o‘rindan joy oldi.
Valentsiya poygasida Dani Perdosa g‘olib bo‘lgan bo‘lsada, Mark Markes shaxsi hisobda 298 ochko to‘plagan holda jahon chempioniga aylandi.
Musobaqa natijalari bilan tanishing:
1. Dani Pedrosa («Xonda») – 30 aylana
2. Yoann Zarko («Tek 3 Yamaxa») +0,337
3. Mark Markes («Xonda») +10,861
4. Aleks Rins («Suzuki») +13,567
5. Valentino Rossi («Yamaxa») +13,817
6. Andrea Yannone («Suzuki») +14,516
7. Jek Miller («Mark VDS-Xonda») +17,087
8. Kel Kratchlou («LChR-Xonda») +17,230
9. Mikele Pirro («Dukati») +25,942
10. Tito Rabat («Mark VDS-Xonda») +27,020
Shaxsiy hisobdagi natijalar:
1. Mark Markes – 298 ochko
2. Andrea Dovitsiozo – 261
3. Maverik Vinyales – 230
4. Dani Pedrosa – 210
5. Valentino Rossi – 208
Fikrlar