
Marin Chilich kurashdan chiqdi
Ruminiyalik Mariush Kopil "Swiss Indoors Basel" turnirining chorak finalida amerikalik Teylor Frittsga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Bazel shahrida o‘tayotgan mazkur musobaqaning ikkinchi davrasida Mariush xorvatiyalik Marin Chilich ustidan 7:5, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Mariush va Marin o‘rtasidagi o‘zarao uchrashuvlardagi hisob tenglashdi. Hisob – 2:2.
Fikrlar