Maradona BAA klubi bosh murabbiyligidan ketdi

  • 28 aprel, 2018, 11:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Argentinalik futbol afsonasi Diego Maradona BAAning “Al-Fujayra” klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etgani haqida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 57 yoshli mutaxassis “Al-Fujayra”ni BAA yuqori divizioniga olib chiqa olmagach shunday qarorga kelgan. U 2017 yilning may oyida ushbu lavozimga tayinlangandi.

Ma’lumot uchun, Maradona o‘z faoliyati davomida “Rasing”, “Al-Vasl” klublariga bosh murabbiy bo‘lgan. u Argentina termasini boshqargan paytda esa u JCh–2014 chorak finaligacha chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!