
Manjukich xitoyliklarning taklifini rad etdi
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Mario Manjukich Xitoy klubidan bo‘lgan super taklifni rad etdi.
Sport Mediaset nashri tarqatgan xabarga qaraganda "Dalyan Ifan" 32 yoshli xorvatiyalik futbolchiga yiliga 10 mln evro maosh va’da qilgan. Biroq, u ushbu taklifni rad etgan va “keksa sinora” safida qolishga qaror qilgan. Tomonlar tez orada amaldagi shartnomani 2022 yilga qadar uzaytirishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Manjukich “Yuve” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum turinliklar tarkibida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar