
"Manchester Yunayted" Allegriga taklif yubordi
"Manchester Yunayted" klubi "Yuventus" ustozi Massimiliano Allegriga taklif bilan murojaat qildi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar italiyalik mutaxassisga yiliga 3 million evro maosh hamda transferlar uchun 200 million evro va’da qilishmoqda.
Ta’kidlash lozimki, Allegrining o‘zi MYuni boshqarishga tayyor, biroq, “Yuve” rahbariyati ham uni qo‘yib yubormoqchi emas.
Fikrlar