“Manchester Siti”: 2.0 – evolyutsiya

  • 15 avgust, 2018, 10:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Nihoyat muxlislar orziqib kutgan premer Liganing yangi 2018-19-yilgi mavsumi ham start oldi. Dastlabki turning markaziy uchrashuvi yakshanba kuni “Arsenal” maydonida bo‘lib o‘tdi. Amaldagi chempionlar yangicha taktikada Unay Emerining debyutini g‘alaba bilan boshlashiga to‘g‘anoq bo‘ldi.

O‘yindan so‘ng guvohi bo‘ldikki, yangi mavsumda “Manchester Siti” yangicha ko‘rinishda. Undan bir hafta oldin “Chelsi”ga qarshi “Community Shield” sovrinida ko‘pchilik Pep Gvardiolaning jamoasida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganini aytayotgandi. Biroq premer Liganing ilk turida “to‘pchilar”ga qarshi ularda yangidan yangi g‘oyalar borligini namoyon qilishdi.

Gvardiola shogirdlari bu mavsumda ancha kuchayishini kutayotganini aytdi. U jamoasi ko‘rsatadigan o‘yin jihatlarini nazarda tutdi. Ko‘rinib turibdi, murabbiy orqaroqdan hujum qilish va himoyani yanada mustahkamlash borasida ancha ter to‘kkan.

Kataloniyalik murabbiy Unay Emerining yangi jamoasiga qarshi yangicha g‘oyalar bilan o‘ynadi. Bu biz o‘tgan mavsumda ko‘rgan “Manchester Siti”ga o‘xshamadi. To‘g‘ri asosiy tamoyillar o‘sha: ular bosim uyushtirishdi, to‘pga egalik qilishga harakat qildi va barchasini tezroq hal qilishga urindi.

Ammo asosiy tartib va rollar mutlaqo o‘zgacha edi. “Shaharliklar” odatiy 4-1-4-1 o‘yin sxemasidan ko‘ra 4-4-2 o‘yin tizimida himoyalandi. Serxio Aguero va Bernardo Silvalar birinchi bo‘lik bosim uyushtirishdi. Keyin Rahim Sterling va Riyod Mahrezlar borishdi. Kayl Uoker odatdagidan ko‘ra ancha orqada harakat qildi. Benjamin Mendi esa nafaqat yarim himoya, balki hujumda ham qanot qoqib uchdi. Rahim Sterling o‘yinni chap qanotda boshladi va uning jarima maydonchasi tashqarisidan kiritgan goli faoliyatidagi uchinchisi bo‘ldi.

Barchasi noodatiy kechdi. Bu biz tanigan “shaharliklar” emasdi.

Bu nafaqat chap qanot egalari – Leroy Sane va Fabian Delf o‘yinni ilk daqiqalardan boshlamaganida. Qolaversa, Bernardo Silva va Ilkay Gyundoganlarning asosiy tarkib futbolchilari David Silva va Kevin De Bryuynelarning o‘rnida harakat qilganida ham emas.

Bunga Mendining safga qaytgani ham emas. Frantsuz futbolchisi o‘tgan mavsum debyutida jiddiy jarohat olib mavsumni erta yakunlagan bo‘lsada, u jarohat olguniga qadar chap qanotda himoyalana olishi bilan birga hujumlarda ham faol ishtirok eta olishini isbotlab bo‘lgandi.

Ammo eng muhimi Mendi endi safda va klubining o‘yinini o‘zgartira oladi. Chunki u Delfning qo‘lidan kelmaydigan ishni bajara oladi.

Uning vazifasi hamon noaniq, biroq bu vaziyat Gvardiolaning oxirgi rejalariga jiddiy ta’sir qilgan.

“Monako”ning sobiq futbolchisi 2017-18-yilgi mavsumda Delf bilan kombinatsiya hosil qildi. Mendi chap qanotda himoyalanish bilan birga, Delfning pozitsiyasi yarim himoyada ham payodo bo‘lar, goh hujumda sheriklarini uzatmalari bilan ta’minlashga intilardi.

Uning o‘yinini ko‘p jihatdan mukammal deya olmaymiz. U shunchaki to‘pga egalik qilishni osonlashtiradi. U chaqiruvlarni o‘tkazib yubordi, Gvardiolaning taktik intizomiga mos kelolmadi. O‘yindan keyin Gvardiola shogirdi haqida aniq tasavvurlani ulashdi: “Bu yaxshi emas. Mendi bu Mendi. Ba’zan uni o‘ldirib qo‘ygimiz keladi, ba’zan tarkibimizda shunday o‘yinchilar borligidan hayratga tushamiz. U bizga kuch bag‘ishlaydi. Uning o‘rganadigan narsalari ko‘p va umid qilamizki, Mendi ijtimoiy tarmoqlardan sal tiyiladi va o‘z ustida ishlaydi.”

O‘yin “Manchester Siti” o‘ziga o‘xshamagan uslubda o‘ynagani, Mundialdan keyingi charchoq va o‘yin sxemasidagi mavhumlik borligini isbotlamaydi. Shunchaki, Gvardiola jamoasi rivojlanib bormoqda.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!