
Makgregor Xabibdan revansh olmoqchi
UFC jangchisi Konor Makgregor rossiyalik chempion Xabib Nurmagomedovdan javob kutmoqda.
- Revansh kutaman, - deb yozadi Konor o‘zining tvitter sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, bu sportchilar bugun Las-Vegasdagi "T-Mobile Arena"da o‘zaro hisob-kitob qilishdi va to‘rtinchi raundda Xabib raqibini taslim qildi.
Bu Makgergorning UFCdagi ikkinchi mag‘lubiyatidir. Avvalroq u Neyt Diasga mag‘lub bo‘lgan va javob bahsida g‘alaba qozongan.
Fikrlar