MYu "Roma" xavbekini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 18 noyabr, 2018, 16:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” yarim himoyachisi Lorentso Pellegrini “Manchester Yunayted”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kecha Londonda 22 yoshli futbolchining agenti va MYu vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Ma’lumotlarga qaraganda “Manchester Yunayted” Pellegrini uchun “bo‘rilar”ga uning shartnomasida ko‘rsatilgan 30 mln evro tovon pulini to‘lashga tayyor. Bundan tashqari mankuanliklar uning maoshini ikki barobarga oshirishga tayyor. Qayd etish lozimki, Pellegrinining “Roma”dagi maoshi yiliga 1 mln evroni tashkil etadi.

Biroq, "Roma" sport direktori Ramon Monchi o‘tgan yoz Raja Nainggolan va Kevin Strotman kabi etakchilar klubni tark etishgach, Pellegrinini ham qo‘yib yuborishni xohlamayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!