
MYu 20 yoshli braziliyalik himoyachi uchun 40 mln funt sarflashi mumkin
“Portu” himoyachisi Eder Militao faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 20 yoshli braziliyalik futbolchiga “Manchester Yunayted”dan jiddiy qiziqishlar bor. Mankuanliklar “Napoli”dan Kalidu Kulibalini sotib olgandan ko‘ra aynan Militaoni afzal ko‘rishmoqda. Boisi, Kulibalining tovon puli 100 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Militao joriy mavsum Portugaliya chempionatida jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 40 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar