
London klublarining yosh iqtidor egalari Bundesliga jamoalariga ko‘chib o‘tishdi
"Augsburg" klubi "Vest Xem" himoyachisi Ris Oksfordni mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Ma’lumot uchun 20 yoshli germaniyalik futbolchi asli “Vest Xem” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “bolg‘achilar” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushgan.
Shuningdek, "RB Leyptsig" klubi "Arsenal" yarim himoyachisi Emil Smit-Rouni sotib oldi. Biroq, hozircha ushbu transfer qanchaga tushgani ma’lum qilinmayapti.
Ma’lumot uchun, 18 yoshli angliyalik futbolchi “Arsenal” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “kanonirlar” safida jami 6ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol urishga erishgan. Angliya o‘smirlar terma jamoasi safida esa 4ta o‘yinda ishtirok etib, 1ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar