
Lolar yurtida Lasitskene mavsumning eng yaxshi natijasini qayd etdi
Gollandiyaning Xengelo shahrida engil atletika bo‘yicha IAAF World Challenge xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Jahonning eng kuchli atletlari ishtirok etgan musobaqaning qator yo‘nalishlarida yuqori natijalar qayd etildi.
Jumladan, ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash sektorida rossiyalik Mariya Lasitskene 2,03 metr natija ko‘rsatdi. Bu mavsumning eng yaxshi natijasi sifatida qayd etiladi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida 200 metrga yugurish bellashuvi ham ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘ldi. Keskin va murosasiz kechgan poyga gollandiyalik Dafne Sxippersning g‘alabasi bilan yakunlandi. Dafne masofani bosib o‘tish uchun 22.44 soniya sarfladi.
Fikrlar