
"Lester" nigeriyalik futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Angliyaning “Lester” klubi o‘zining nigeriyalik yarim himoyachisi Uilfred Ndidi bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 21 yoshli futbolchi “tulkilar” bilan 2024 yilga qadar tuzilgan kelishuvga imzo chekkan.
Eslatib o‘tamiz, Ndidi “Lester” safiga 2016 yil qishda Belgiyaning “Genk” klubida 17,7 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar