Legionerlarimiz. Rossiyadagi “o‘zbek derbisi”da Shomurodov jamoasi g‘olib bo‘ldi

  • 5 avgust, 2017, 00:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, bugun Rossiya Premer-Ligasi 4-tur o‘yinlari start oldi. Mazkur turni “Anji” – “Rostov” o‘yini ochib  berdi.

Tecno

Yaxshi bilasiz, “Rostov” safida Eldor Shomurodov, “Anji” tarkibida Vadim Afonin to‘p suradi. Shu bois, biz ushbu qarama-qarshilikni “o‘zbek derbisi” deb atagan edik.

Hozirgina Kaspiyskdagi “Anji-Arena” stadionida ushbu o‘yin o‘z nihoyasiga etdi Unda “Rostov” yagona gol evaziga safardan 3  ochko olib qaytadigan bo‘ldi.

Afonin doimgidek, maydonda 90 daqiqa to‘p surgan bo‘lsa, Eldor bus afar zahirada qoldirildi.

Rossiya Premer-Ligasi. 4-tur

Anji – Rostov 0:1 (0:1, 0:0)

Gol: 0:1 – 19 Dyadyun.

Anji – Solosin, Fibel, Musalov, Poluyaxtov, Bryzgalov, Afonin, Xubulov (Bazelyuk, 66), Yakovlev, Tetrashvili (Danchenko, 46), Mamtov (Lipartiya, 63), Markelov.

Rostov – Pesyakov, Ingason, Vilyush, Parshivlyuk, Mevlya, Bayramyan (Zuev, 58), Yusupov (Mogilevets, 76), Kalachev (Dumbiya, 76), Gatskan, Ustinov,Dyadyun.

Ogohlantirishlar: Yakovlev (32), Ustinov (34), Markelov (42), Gatskan (46), Musalov (62), Pesyakov (88), Mogilevets (90).

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!