
Legionerlarimiz. Geynrix qachon maydonga tushiriladi o‘zi?
Kecha Qozog‘istonda mamlakat kubogi o‘yinlari o‘tkazildi. Chorak final bosqichida O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix faoliyat olib boradigan “Ordabasi” klubi safarda “Jetisu” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Geynrix bu o‘yinda ham zahirada qoldirildi. E’tiborlisi, hamyurtimiz ketma-ket 3 ta o‘yindirki, zahirada qoldirilmoqda. So‘nggi bor Sasha 23 aprelda maydonga tushirilgan edi.
Shavkat Salomov to‘p tepadigan “Atirau” esa o‘z maydonida “Aktobe”ni qo‘shimcha bo‘limlardagi yagona gol evaziga mag‘lub etdi. Salomov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi bo‘lim avvalida zahiraga olindi.
“Jetisu” — “Ordabasi” 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: Beysenov 64
Jetisu – Shabanov, Burgiyu, Adilxanov(Xromtsov 73), Baltabekov(Kasyanov 67), Sagyndykov, Kerimjanov, Ibraev, Levin, Vyatkin(Adil 78), Danilyuk, Shakin.
Ordabasi – Bekbaev, Gogua(Martsvaladze 42), Kovalchuk, Fontanello, Abdulin, Ashirbekov(Adirbekov 76), Beysenov, Smakov, Tungishbaev, Buleshev(Kojabaev 65), Jumaxanov.
Zahira: Boychenko, Geynrix, Irismetov, Jaksybaev, Muxtarov, Erlanov.
Ogohlantirishlar: Sagindikov 69 — Jumaxanov 59.
“Atirau” — “Aktobe” 1:0 (0:0, 0:0, 0:0, 1:0)
Gol: Rodich 119
Atirau – Pasechenko, Djokich, Dvalishvili (Rodich 46), Lobjanidze, Salomov(Suley 46), Obshivach, Maksimovich(Nuribekov 70), Abdraxmanov, Kayralliev, Korobov, Xayrullin.
Aktobe – Otarbaev, Barbosa, Volovik, Guye, Ermachenko, Baytana(Zenkovich 58), Kairov, Kakimov, Shestakov, Shurigin(Aytbaev 74), Totay(Aslan 80).
Ogohlantirishlar: Dvalishvili 19, Kayralliev 74, Nurybekov 104, Rodich 120, Abdraxmanov 120+1 — Shurygin 13, Volovik 69, Totay 80, Guye 106.
Fikrlar