
"Latsio" Milinkovich-Savichning narxini pasaytirdi
Rimning "Latsio" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichning transfer narxini pasaytirdi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning xabar berishicha rimliklar 23 yoshli serbiyalik futbolchini sotib olish istagini bildirgan real xaridorlarning 80 mln evrodan kam bo‘lmagan takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Latsio” Milinkovich-Savichni 100-150 mln evroga baholayotgan edi. Ammo, uning Serbiya terma jamoasi safida JCh-2018da muvaffaqiyatsizlikka uchragani ushbu narxning pasayishiga olib kelgani aytilmoqda.
Fikrlar