
La Liga. Dembelening yagona goli "Barselona"ga "Valyadolid" ustidan g‘alaba keltirdi
Xabaringiz bor kecha Ispaniya La Ligasida 2-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
Jumladan, shu kuni amaldagi chempion “Barselona” safarda "Valyadolid" mehmoni bo‘ldi. Qiziqarli kechgan o‘yin taqdirini kataloniyaliklar vingeri Usmon Dembelening 57-daqiqada kiritgan yagona goli hal qildi. Yakuniy hisob 0:1.
"Valyadolid" - "Barselona" 0:1
Gol: Dembele, 57
"Valyadolid": Masip, Moyano, Kalero, Nacho, Keko, Tuxami, Alkaraz, Borxa (Galyardo, 64), Unal (Chop, 70), Plano, Toni (Verde, 87).
"Barselona": Ter Shtegen, Roberto, Umtiti, Pike, Alba, Koutino (Malkom, 84), Buskets, Rakitich, Dembele (Vidal,76), Messi, Suares (Munir, 90).
Fikrlar