
Kurash: Gulnor Sulaymonova Osiyo o‘yinlari g‘olibi
Osiyo o‘yinlarining bugungi kungi dasturidan o‘rin olgan kurash bahslarining ayollar o‘rtasidagi -52 kg vazn toifasida ham g‘olib nomi ma’lum bo‘ldi.
Hal qiluvchi bosqichda hamyurtimiz Gulnor Sulaymonova hindistonlik Pinski Balharaga qarshi gilamga ko‘tarildi. Ushbu bahsda esa vakilamiz raqibasini muddatidan avval mag‘lub etdi.
Qayd etish lozim, oldinroq, Muhsin Hisomiddinov va Ma’rufjon G‘aybullaevlar ham Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritishgandi.
Fikrlar