Krouford – Xan jangi rasman tasdiqlandi

  • 15 yanvar, 2019, 20:35
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yarim o‘rta vazn toifasida WBO chempionlik kamari sohibi amerikalik Terens Krouford 20 aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni britaniyalik Amir Xanga qarshi o‘tkazadi, deya xabar bermoqda ESPN nashri. Jang rasman 15 yanvar kuni e’lon qilindi.

Tecno

Krouford — Xan PPV tizimi bo‘yicha ESPNda translyatsiya qilinadigan boks kechasining asosiy jangi bo‘ladi.

Hozircha jang o‘tkazilish joyi aniq emas, biroq Top Rank promouter kompaniyasi boshlig‘i Bob Arum so‘zlariga ko‘ra, jang yo Nyu-Yorkdagi “Madison Square Garden”da, yo Las-Vegasdagi “T-Mobile Arena”, “MGM Grand Garden Arena” yoki “Mandalay Bay Events Center” arenalaridan birida bo‘lib o‘tadi.

Terens Krouford professional faoliyatida 34 jangning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. Amir Xanning hisobida 33 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!