
Kroos yoki Modrichdan biri "Real"ni tark etishi mumkin
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres joriy transferlar davrida jamoaning etakchi yarim himoyachilari – Toni Kroos va Luka Modrichlardan birini sotib yuborishi mumkin.
Ispan OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra agar “qirollik klubi” "Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanichni qo‘lga kirita olsa, yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilardan biri jamoani tark etadi.
Aytish lozimki “keksa sinora” 28 yoshli bosniyalik futbolchisini 100 mln evroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Modrichga "Yuventus" va "Bavariya", Kroosga esa "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar