
Kovalevni nokaut qilgan Alvares yana bir rossiyalik bokschi bilan urushishi mumkin
Rossiyalik bokschi Dmitriy Bivol o‘zining navbatdagi jangini dekabr oyida o‘tkazishi mumkin. Bu bokschi oldingi jangida malaviyalik Ayzek Chilembaga qarshi ringga ko‘tarilib, WBA chempionlik titulini o‘zida saqlab qoldi.
Bo‘lajak jangda unga yarim og‘ir vazn toifasida rossiyalik Sergey Kovalevning nokautga uchratib, WBO kamarini qo‘lga kiritgan Eleyder Alvares raqiblik qilishi mumkin.
– Bu haqda gapirish uchun hali erta, ammo Alvares Bivol bilan jang qilishi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida. Bivol – juda iqtidorli bokschi. U Chilembaga qarshi jangni yuqori darajada o‘tkazdi. U yarim og‘ir vaznda bo‘lajak jahon chempioni va buni uzoq yillar o‘zida ushlab turishi mumkin, – deydi Main Events promouterlik kompaniyasi boshlig‘i Keti Duva.
Fikrlar