
Konte va uning eski tanishiga APL grandi qiziqib qoldi
Londonning "Chelsi" klubi sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte yana APL klubini boshqarishi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 49 yoshli italiyalik mutaxassisga "Manchester Yunayted" klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Mankuanliklar shuningdek jamoa sport direktori lavozimiga Konte bilan “Yuventus”da birga faoliyat yuritgan Juzeppe Marottani ham taklif qilishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYudan ketishi kutilayotgan Joze Mourino o‘rniga shuningdek “Real”ni ketma-ket 3 marta EChL g‘olibi qilgan Zinedin Zidanning kelishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar