“Manchester Siti” qanotga kuchli himoyachi topib qo‘ydi

  • 25 sentabr, 06:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesligida “Ayntraxt” jamoasi sharafini himoya qilayotgan 22 yoshli Nataniel Braun faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tecno

“Manchester Siti” germaniyalik futbolchini chap qanot himoyasiga olib kelmoqchi. Aslida bu qanotga Xosep Gvardiola yozda Rayan Ayt-Nurini taklif qilgandi. Marokashlik himoyachi jarohat  olganidan keyin uning pozitsiyada asli yarim himoyachi bo‘lgan Niko O’Rayli o‘ynayapti.

Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha, “shaharliklar” Braunni olish uchun Londonning “Arsenal” klubi bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Nataniel Braun aslida “Nyurnberg” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Frankfurtliklar uni 2024 yilning yozida 3 million evroga transfer qilgan. Yangi jamoasi safida barcha turnirlarda 33 ta uchrashuv o‘tkazgan Braun himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, uchta gol va ettita assist ham qayd etdi.

Transfermarkt portali “Ayntraxt” bilan 2030 yil yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘yinchini 22 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!