Husanov qachon maydonga qaytishining aniq sanasi e’lon qilindi!

  • 25 sentabr, 06:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” Premer-liganing beshinchi turida “Arsenal” bilan kechgan markaziy uchrashuvda g‘alabani qo‘ldan chiqarish bilan bir qatorda Abduqodir Husanov va Erling Xolandning jarohati olishi qo‘shilib ketdi.

Tecno

Shu tariqa, Xosep Gvardiola bu mavsum boshida ham jarohatlar bilan bog‘liq muammolarga duch keldi va tarkib tanlashda yana tavakkal qilishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Sports.uz portali “Manchester Siti” faoliyatini yoritib kelayotgan nufuzli manbalarda biri – mancitynews.com sayti eksperti Devid Talli aniqlagan jamoa o‘yinchilarining qachon safga qaytishi haqidagi ma’lumotlarni o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.

Erling Xoland

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Erling Xoland “Arsenal”ga qarshi bahsda belidan jarohat olganini tasdiqladi. Hujumchi ikkinchi bo‘limda o‘rnini Niko Gonsalesga bo‘shatib berishiga to‘g‘ri kelgan edi.

Bosh murabbiy  norvegiyalik to‘purar tiklanib olganiga qaramay, oxirgi mashg‘ulotlarda ishtirok etmaganini ma’lum qildi. Biroq Xoland  “Byornli” bilan bo‘ladigan navbatdagi tur uchrashuvida safda bo‘ladi.

Xolandning maydonga qaytish sanasi – 27 sentyabr, “Byornli”ga qarshi uy uchrashuvi.

Abduqodir Husanov

Yaqinda jarohatidan qutilgan o‘zbek futbolchisi “Arsenal” bilan bo‘lgan uchrashuvning tanaffusida majburan zaxiraga olingan edi. Gvardiola Abduqodir navbatdagi uchta uchrashuvni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi.

“Emireyts”dagi bahsda raqib futbolchisi Husanovning oyog‘ini bosib oldi. Jarohatlangan himoyachi oktyabr oyining boshigacha davolanishiga to‘g‘ri keladi.

Husanovning maydonga qaytish sanasi – 5 oktyabr, “Brentford”ga qarshi safar uchrashuvi.

Umar Marmush

Mohir hujumchi sentyab oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida Misr terma jamoasi safida Burkina-Fasoga qarshi o‘tkazilgan o‘yinning boshida tizzasidan jarohat olgan edi.

Bir necha haftadan beri davolanayotgan forvard oktyabr oyining boshida salomatligini to‘liq tiklab olishi kutilyapti.

Umar Marmushning maydonga qaytish sanasi – 5 oktyabr, “Brentford”ga qarshi safar uchrashuvi.

Rayan Ayt-Nuri

Yozda transfer qilingan chap qanot himoyachisi “Brayton”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jarohat olganidan beri o‘yinlarda ishtirok eta olmayapti. Aslida Rayanning jarohati ikkinchi turdan o‘rin olgan “Tottenxem” bilan bahsda bezovta qilgan edi. Biroq  murabbiylar uni maydonga tushirishga qaror qilgani xato bo‘lib chiqdi.

Ayt-Nurining davolanish muddati biroz cho‘ziladi va keyingi xalqaro tanaffusgacha uning xizmatidan foydalanishning imkoni bo‘lmaydi.

Rayan Ayt-Nurining maydonga qaytish sanasi – 18 oktyabr, “Everton”ga qarshi uy uchrashuvi.

Rayan Sherki

Yozda xarid qilingan yana bir iste’dod sohibi avgust oyining oxirida sonini shikastlab olgan edi. Hujumkor futbolchining tiklanish muddati ikki oy davom etishi aytilgan.

Bu Sherki oktyabr oyining oxiri yoki noyabrning boshigacha jamoaga yordam bera olmasligini anglatadi.

Rayan Sherkining maydonga qaytish sanasi – 2 noyabr, “Bornmut”ga qarshi uy uchrashuvi.

Mateo Kovachich

Xorvatiyalik futbolchi iyun oyining boshida jarohatini operatsiya qildirgan edi. O‘shanda tajribali yarim himoyachi sentyabr oyi oxiri yoki oktyabr boshida safga qaytishi ta’kidlangan edi.

Xosep Gvardiola yaqinda Kovachich tez orada maydonga tushishga tayyor bo‘lishini aytdi. Mateo mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.

Mateo Kovachichning qachon maydonga qaytishi hozircha noaniq bo‘lib turibdi.

Kelvin Fillips

Asosiy tarkibga kirish uchun kurashayotgan tajribali yarim himoyachi ikkinchi farzandi dunyoga kelishi munosabati bilan oxirgi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. Ammo Pep Gvardiola Kelvin tez orada umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishga tayyorligini ma’lum qildi.

- Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Kelvin jarohatini operatsiya qildirib, salomatligini tiklab oldi. Biroq u bir nechta mashg‘ulotda qatnashib, sport formasini ko‘tarishi kerak, - dedi Xosep Gvardiola.

Kelvin Fillipsning qachon maydonga qaytishi hozircha noaniq bo‘lib turibdi.

 

Fanatlar Husanovdan mo‘’jiza kutyapti!

“Siti” Husanovsiz o‘ynashni o‘rganishi kerak

Endi Husanov ham, Xoland ham o‘ynamaydi!
Husanov – eng katta yo‘qotish!

Bizga Husanov etishmadi! “Siti” fanatlari Husanov haqida yana nimalar deyapti?

Turkiyani “yondirayotgan” Shomurodovni Italiyada qo‘msab qolishdi!

Husanov va Xolandning yo‘li ayrilishi mumkin...

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!