
Klopp: Saloh qaytdi!
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning EChL guruh bosqichi doirasida "Tsrvena Zvezda" ustidan qozonilgan (4:0) g‘alabada Muhammad Salohning o‘rni haqida o‘z fikrini bildirdi.
Aytib o‘tish joizki, Saloh uchrashuvda dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
- Endi odamlar Muhammadni tushkunlikka tushgani haqida gapirishmaydi. Salohning qobiliyatiga shubham yo‘q, biroq OAVning harakatlari tufayli bunday hayollar meni o‘ylantirib qo‘yardi.
Bunday savollarga e’tibor qaratmasligimiz lozim, mashg‘ulotlarda o‘z kuchini 100% berib mehnat qilish darkor.
Umid qilamanki, Saloh xuddi shunday ruhda davom etadi, - dedi Klopp.
Fikrlar