Kichik Simeone ham "albasetlar" safida gol urishni boshlab yubordi

  • 8 sentabr, 2018, 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Fiorentina” klubi forvardi Jovanni Simeone Argentina terma jamoasi safidagi debyut o‘yinidayoq o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Tecno

Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeonening o‘g‘li hisoblangan 23 yoshli futbolchi bugun bo‘lib o‘tgan Gvatemalaga (3:0) qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi va 44-daqiqaga kelib raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Ma’lumot uchun, Jovanni o‘tgan mavsum A Seriyada jami 38ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!