Kepa Arrisabalaga: Necha pulga "Chelsi"ga o‘tganim meni qiziqtirmaydi

  • 10 avgust, 2018, 12:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" klubi yangi darvozaboni Kepa Arrisabalaga londonliklar safida qanday maqsadlarga erishishni xohlayotganini aytib o‘tdi.

Tecno

- Men bu jamoa safida bo‘lganimdan baxtiyorman. Faoliyatim va xayotim uchun bu muhim qadam. Tan olish lozim, bunday qaror men bilan shartnoma imzolagan klub tomondan menga qo‘yilgan ajoyib imkoniyatdir. Ko‘chib o‘tishim jamoa rahbariyati uchun necha pulga tushgani meni qiziqtirmaydi, men kuchimni maksimal darajada ko‘rsatishni xohlayman.

23 iyul kuni yozgi ta’tildan mashg‘ulotlarga qaytgandimda "Chelsi" tomondan menga qiziqish bildirilayotganidan xabarim bor edi.  

Ispaniya terma jamoa safida birga to‘p tepgan futbolchilar bilan "aristokratlar"da qanday to‘p tepishni borasida suhbatlashganman. Ishnonchim komilki, yangi jamoaga moslashishim qiyin kechmaydi.

Angliya chempionatida to‘p tepadigan do‘stlarim ham APLda fantastik o‘yinlar bo‘lishini aytib o‘tishgandi,- dedi Kepa "ko‘klar" rasmiy veb-saytiga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!