
Kasilyas Ispaniya termasiga qaytishni istamoqda
“Portu” klubi darvozaboni Iker Kasilyas Ispaniya terma jamoasiga qaytishni istamoqda. AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 37 yoshli posbon bosh murabbiy Luis Enrike bilan terma jamoaga qaytish to‘g‘risida aloqaga chiqqan.
Manbada yozilishcha, Kasilyas agar David de Xea asosiy darvozabon bo‘lib qoladigan bo‘lsa, zaxirada qolishga ham rozi.
Enrike esa Kasilyasning “Portu”dagi o‘yinini kuzatib, boshqa darvozabonlar bilan imkoniyatlarini solishtirib ko‘rishini aytgan. Eslatib o‘tamiz, Kasilyas Ispaniya termasida 167 o‘yin o‘tkazgan, ammo uni Evro-2016 turniriga chaqirishmagan.
Fikrlar