
Kanija: Messi Maradona darajasiga etishi mumkin, ammo unda o‘ta olmaydi
Argentinalik mashhur futbolchi Klaudio Kanija mamlakatning hozirgi yulduzi Lionel Messi va o‘tmishdagi afsonasi Diego Maradonalarni o‘zaro qiyosladi.
“Ularni taqqoslash qiyin emas. Agar Messi Argentina termasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritsa, taqqosash faqatgina uni qadnay qo‘lga kiritgani bilan bog‘lanadi. Agar u buni 1986 yil Diego qilgani kabi uddalasa, ularni tenglashtirish mumkin. Lekin Messi Maradonadan o‘ta olmaydi.
Maradona men ko‘rgan eng noyob va g‘ayritabiiy futbolchi. Messi ko‘pchilik futbolchilarga qaraganda barqaror, lekin Maradona qilgan ishlarni hali birorta futbolchi qila olmadi. Men uni faqatgina Pele bilan bir qatorda tilga olishim mumkin. Biroq, Pele haqida boshqalardan eshitganman, chunki uning o‘yinlarini ko‘rmaganman”, - deydi Kanija.
Fikrlar