
Kanchelskis Namanganga qachon kelishi ma’lum bo‘ldi
Namanganning “Navbahor” klubida ish boshlashi kutilayotgan rossiyalik mashhur sobiq futbolchi va mutaxassis Andrey Kanchelskis Namanganga ertaga – 7 oktyabr kuni tongda – soat 6:10da etib keladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar ermoqda.
Ushbu murabbiy Moskvadagi “Domodedovo” aeroportidan samolyotga o‘tiradi va mazkur samolyot ertaga yuqorida ko‘rsatilgan vaqtda Namangan aeroportiga qo‘nadi.
Andrey Kanchelskisni “Navbahor” PFK rahbariyati va jamoa muxlislari kutib olishadi.
Fikrlar